Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

11. Turdagi dori vositalarini bepul berish tartibi koʼrib chiqildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 11. Turdagi dori vositalarini bepul berish tartibi koʼrib chiqildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 11. Turdagi dori vositalarini bepul berish tartibi koʼrib chiqildi

11. Turdagi dori vositalarini bepul berish tartibi koʼrib chiqildi.Dorixonaga kirib, retseptda koʼrsatilgan dori vositalarini kassaga toʼlovni amalga oshirmay olib ketishni tasavvur qila olasizmi?
Bunda oilaviy shifokor bemorni koʼrikdan oʼtkazgach, unga kerak boʼladigan dori vositalarini elektron tarzda dorixonaga yuboradi. DTSJ bilan shartnoma imzolagan dorixonalar kelgan bemorga retseptda koʼrsatilgan dorini berib yuboradi.
DTSJ xodimlari ishlab chiqqan Reimbursatsiya tizimini Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida joriy etish kontseptsiyasi amaliyotga joriy etilsa aholiga ana shunday qulaylik yaratiladi.
Davlat tibbiy sugʼurtasida Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti, Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vazirligi kabi bir qator sohaga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bemorlarga elektron retsept asosida dori vositalarini dorixonalar orqali berish va bu sarf-harajatlarni DTSJ orqali qoplash muhokama qilindi.
Unda elektron retsept orqali 11 turdagi dori vositalarini yurak-qon tomir, qandli diabet va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida bepul berish tartibi koʼrib chiqildi.
Oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarda surunkali kasalliklarda qoʼllaniladigan dori vositalari roʼyxati (reimbursatsiya) quyidagicha belgilangan:
АSTMА va OʼPKА SURUNKАLI OBSTRUKTIV KАSАLIKLАRIDА QOʼLLАNILАDIGАN VOSITАLАR
1. Salubutamol aerozol 100 mkg/doza 7g 200 doz.
YuRАK-QON TOMIR VOSITАLАRI
Selektiv (kardioselektiv) B1-adrenoblokatorlar.
2. Bisoprolol tabletkalar 5 mg
KАLЬTsIY KАNАLLАRI BLOKАTORLАRI
Аntigipertenziv vositalar.
3 Аmlodipin tabletkalar 5 mg
Аngiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlar.
4 Enalapril malati tabletkalar 10 mg
5 Gipolipidemik vositalar.
Rozuvastatin tabletkalar 10 mg
Аntagregantlar.
6. Аtsetilsalitsil kislotasi tabletkalar 75 mg.
7. Klopidogrel tabletkalar 75 mg
TROMBOTsITLАR АGGREGАTsIYaSI VА QON IVIShIGА TАЪSIR QILАDIGАN VOSITАLАR
Аntikoagulyantlar va ularning antiagonistlar.
8 Varfarin tabletkalar 2,5 mg
DIURETIK VА АNTIDIURETIK VOSITАLАR.
9. Furosemid tabletkalar 40 mg
ENDOKRIN TIZIMI PАTOLOGIYaLАRINI DАVOLАSh UChUN QOʼLLАNILАDIGАN VOSITАLАR
Diabetga qarshi vositalar.
10. Metformin tabletkalar 500 mg
tabletkalar 850 mg
tabletkalar 1000 mg
Buyrak usti bezi poʼstloq qismi gormonlari, glyukokortikoidlar.
11. Beklometazon aerozol
intranazal koʼllash uchun sprey ballonda 50 mkg/doza
Muhokamalar hali davom etmoqda. Uning yakunida ekspertlar ushbu dori vositalariga qoʼshimchalar kiritishi, dozalari oʼzgarishi mumkin.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi matbuot xizmati.