Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Nukus va Termizda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Nukus va Termizda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Nukus va Termizda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi

Prezidentning 2020-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida fuqarolarni davlat tomonidan tibbiy sug‘urtalash masalasi o‘z aksini topdi.
Unga ko‘ra, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash tizimida 2021-yilning 1-iyulidan 2022-yilning oxiriga qadar tajriba-sinov tariqasida sinovdan o‘tkazildi. Hozirda viloyatdagi tuman tibbiyot birlashmasi (shahar tibbiyot birlashmasi), viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari bilan shartnomalar imzolandi. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, birlamchi tizim muassasalari ularga biriktirilgan aholi soni va tarkibidan kelib chiqib, dispanser xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar global budjet asosida va statsionar muassasalar davolangan holatlar bo‘yicha moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.


Xabaringiz bor, Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari uch bosqichda amalga oshiriladi. Shunda ikkinchi bosqichda 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida joriy etilishi ko‘zda tutilgan. 2025-yilda esa yurtimizning barcha hududlarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.
Shu kunlarda DTSJ xodimlari kelugsi yilda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilishi kutilayotgan viloyatlarda bo‘lib, amalga oshiriladigan jarayonlar haqida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.


Xususan, DTSJ bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari D.To‘rayeva va jamg‘armaning Surxondaryo bo‘yicha bosh mutaxassisi Alijon Mavlonovlar birgalikda Surxondaryo viloyati Angor tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarkibidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinika, Oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini o‘rganishdi.
Sug‘urta mexanizmlarini joriy etish maqsadida barcha BTSYOM ni kompyuter jamlanmalari bilan taminlanganligi, ularni lokal tarmoqqa ulanganligi, aholi ro‘yxatini elektron bazasini yaratish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Muassasalarda shifokor oldi ko‘ruv xonalari va amaliyotchi hamshira faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Angor TTB tuman markaziy shifoxonasi kabul bo‘limi faoliyati, bemorlarni yo‘llanmalar asosida qabul qilish holati, bo‘limlarda diagnostik-davolashning standart va klinik protokollardan foydalanish jarayonlari bo‘yicha kerakli va zarur tavsiyalar berildi.
Shu kuni vakillarimiz Termiz shahridagi Markaziy shifoxonaning qabul bo‘limidagi jarayonlar va meyoriy hujjatlar, terapiya, tug‘ruq bo‘limlarida davolangan bemorlarning kasallik tarixlaridan tasodifiy tanlov asosida olindi va o‘rganib chiqildi. Termiz SHTB bosh hisobchisi Jo‘rabek Xolmurodov bilan tibbiyot xodimlarini kompyuter jamlanmalari bilan taminlash hamda «har bir davolangan holat» bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.


Shu kuni DTSJ bo‘lim boshlig‘i B.Mo‘minov ham Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi SSV birinchi o‘rinbosari K.Kamalov, TTB boshliqlari, BTSYO koordinatorlari va bosh hamshiralari va boshqa sohaga tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.


Shuningdek, jamg‘armamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Yakubov ishtirokida Nukus shahar tibbiyot birlashmasi va unga qarashli tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganildi.