Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Hududiy vakillar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hududiy vakillar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hududiy vakillar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi majlislar zalida «Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini hududlarda joriy etishga tayyorgarlik ko‘rishga doir» ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyati, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatining hududiy vakillari ishtirok etdi.


Unda mutaxassislar “Yo‘l xaritasi” asosida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 9 oylik hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, seminarda DTSJ bo‘lim boshliqlari Bahrom Mo‘minov, Umida Gaziyeva, Doniyor Qosimov hamda Mavluda Giyasova ishtirok etdi.


Xususan, Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishda amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiy tashkilotlarni moliyalashtirish tartibi, reimbursatsiya hamda Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarining 2022-yil birinchi yarim yillik faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari haqida ma’lumotlar berildi.