Nargiza Sayfiddinova, bo‘lim boshlig‘i:
Davlat tibbiy sug‘urtasi hisobidan davolanadigan bemorlar soni bu yildan ko‘paydi. Joriy yilning yanvar oyidan shu kunga qadar imtiyozga ega 90 nafardan ortiq bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Bunda amaliyotlarning narxi 25 – 100 million so‘m atrofida. Ushbu mablag‘lar Davlat budjeti hisobidan Jamg‘arma tomonidan qoplab berilmoqda.
O‘rinboy Qorjonov, bemor: (yuragiga o‘rnatilgan kardiostimulyator batareykasi 2011 yildan beri uch marta almashgan).
–Ancha toliqqan ekanman. Hozir ahvolim yaxshi. Yuragimdagi qurilmaga zamonaviy smart batareyka qo‘yilibdi. Aytishlaricha 10 yil ishlab berak ekan. To‘g‘risi, jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ni qaerdan olaman deb o‘ylab yurgandim. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi men uchun qilingan xarajatlarni barchasini to‘lab berar ekan.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi Matbuot xizmati