Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Sirdaryoda yurak-qon tomir sohasida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryoda yurak-qon tomir sohasida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryoda yurak-qon tomir sohasida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda

O‘tgan yili Sirdaryo viloyatida 136 nafar bemorda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘i hisobidan yurak koronar arteriyalarida yuqori texnologiyali diagnostika va stentlash amaliyoti o‘tkazildi.

Ushbu amaliyotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialining xirurgiya bo‘limi boshlig‘i, endovaskulyar-xirurg Xurshid Hakimov boshchiligidagi mahalliy mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

— Shuningdek, o‘tgan yili filialimizda yurak-qon tomir tizimida muammosi bo‘lgan 856 nafar bemorda koronarongiografiya tekshiruvlari, 324 nafar bemorda koronar arteriyalarida stentlash, 2 nafar bemorda EFT va RTA amaliyotlari, 3 nafar bemorga doimiy elektrokardiostimulyator o‘rnatish amaliyoti, 5 nafar bemorda kam uchraydigan yurak tug‘ma nuqsoniga okklyuder qo‘yish, 22 nafar bemorga shuntografiya, 3 nafar bemorga ventrikulografiya va boshqa yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi, —deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori Shuhrat Husanov. – Yaqin-yaqingacha bunday jarrohlik amaliyotlari uchun sirdaryolik bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yoki Rossiya, Hindiston kabi davlatlarga borishga majbur edilar. Endilikda esa bu kabi ovoragarchiliklarga umuman hojat qolmadi.

Darvoqe, keyingi bir yarim yilda bu yerda yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati