Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va hududiy sog‘liqni  saqlash boshqaruv organlari vakillaridan iborat ishchi guruhi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.

Ana shunday o‘rganishlardan biri Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada bo‘lib o‘tdi. Jamg‘arma xodimlari ushbu tibbiyot muassasasidagi davolanish holati bilan yaqindan tanishib, KTMPning dori vositalar ta’minoti hamda hujjatlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi. Shular asosida tibbiyot xodimlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalar berdi.

O‘rganish davomida kafolatlangan tibbiy yordam hajmlaridan kelib chiqqan holda zaruriy asbob-uskuna, kompyuter texnikasi va lokal tarmoq bilan ta’minlanganlik darajasi baholandi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.