Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi – Prezident farmoni

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi – Prezident farmoni

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni tasdiqlandi.

2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida:

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi:

➖ 2023 yil 1 iyuldan boshlab Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida;

➖ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida;

➖ 2024 yil 1 yanvardan respublikaning boshqa hududlarida.

2024 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.

2023 yil yakuniga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish ko‘lami 30 ming nafarga yetkaziladi.

2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi – Prezident farmoni

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni tasdiqlandi.

2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida:

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi:

➖ 2023 yil 1 iyuldan boshlab Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida;

➖ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida;

➖ 2024 yil 1 yanvardan respublikaning boshqa hududlarida.

2024 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.

2023 yil yakuniga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish ko‘lami 30 ming nafarga yetkaziladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

Matbuot xizmati.