Xabaringiz bor, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida “Medrefer” axborot tizimi orqali tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarni to‘lov uchun taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Hududlarda joylashgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining mas’ul xodimlari uchun “ZOOM” orqali “Medrefer” axborot tizimidan foydalanish borasida navbatdagi muloqot o‘tkazildi.
Axborot almashinuvida “Medrefer” dasturidan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollar va mavjud muammolar keng muhokama qilindi.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.