Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi vakillaridan iborat ishchi guruhi Turaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida monitoring o‘tkazdi.
Unda tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, elektron xizmatni shakllantirish, shifokor oldi ko‘ruv xonalari holatiga alohida e’tibor berildi. Kattalar, bolalar uchun tarozi va bo‘y o‘lchagich, santimetrli lenta, tonometr, fonendoskop, EKG, kompyuter jamlanmasi mavjudligi, kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Tibbiyot muassasalarida qatnovlar soni, tarkibi, tor soha mutaxassislariga murojaatlar, bajarilgan laborator tahlillar soni, bepul retsept asosida dori-darmonlar tarqatish, shifoxonalarga yo‘llanma berish ishlari qay darajada bajarilgani ko‘rildi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati.