Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Barchasi aholi salomatligi uchun

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Barchasi aholi salomatligi uchun
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Barchasi aholi salomatligi uchun

Guliston tibbiyot klasterining neyrotravmatologiya boʼlimida murakkab va yuqori texnologik total endoprotezlash amaliyoti oʼtkazildi.
– Tibbiyot xodimlar tili bilan aytiladigan, displastik koksartroz, chanoq-son boʼgʼimining tugʼma buzilishi boʼlsa, idiopatik koksartroz turli kasalliklar fonida paydo boʼladigan, chanoq-son boʼgʼimining yemirilishi bilan bogʼliq kasallikning bir turi hisoblanadi, – deydi Guliston tibbiyot klasteri neyrotravmatologiya boʼlimi boshligʼi, ortoped-travmatolog Sevara Toʼychieva. – Koʼrib turganingizdek, boyovutlik bemorimiz bolalikdan chanoq-son boʼgʼimi bilan bogʼliq kasallik bilan kurashib kelgan. Аmmo, u vaqtlarda bu turdagi amaliyotlar yurtimizda emas, xorijiy davlatlarda bajarilgani bois, uning yaqin qarindoshlarini xorijga olib borish, u yerda shu turdagi amaliyotni oʼtkazishi uchun imkoniyati boʼlmagan.

Gulistonlik bemorda esa, bu turdagi kasallik COVIDdan soʼng paydo boʼlgan. Shu boisdan, ular koʼpdan buyon soha xodimlari nazoratida boʼlib, konservativ davo muolajalarini olib kelgan. Аmmo, kutilmagan ogʼriq sabab, ularda murakkab va yuqori texnologik total endoprotezlash amaliyoti oʼtkazildi. Xarajatlar esa Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi hisobidan qoplab berildi. Eng muhimi, Guliston tibbiyot klasterida, displastik koksartroz, travmatik koksartroz hamda idiopatik koksartroz bilan bogʼliq murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti yoʼlga qoʼyilgandan buyon 200 dan ortiq bemorda shu turdagi amaliyot oʼtkazilgan.

Yilning shu kuniga qadar 28 nafar, yil yakunigacha 150 dan ortiq shu turdagi amaliyot oʼtkaziladi. Bu esa, displastik, travmatik, idiopatik koksartrozdan qiynalib kelayotgan bemorlarni sogʼlom hayotga qaytarish imkonini beradi.

Sh. Suyarov, OʼzА.