Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Sirdaryolik bemor, tayanch harakat tizimidagi muammodan qutildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryolik bemor, tayanch harakat tizimidagi muammodan qutildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryolik bemor, tayanch harakat tizimidagi muammodan qutildi

Sogʼliq-bu bebaho neʼmat. Аmmo, lekin, bu neʼmatning qadriga hamma vaqtida ham yetavermaymiz. Betobligi sabab shifoxona eshigida navbat kutgan, dori hidi anqib turgan shifoxona shiftlariga termulgancha, davo umidida umr oʼtkazayotgan kishigina, bu neʼmatni qadrini yaxshi biladi.
Umrini kattagina qismini qishloq xoʼjaligi sohasi, uning ertangi istiqboli uchun baxsh etgan, Sirdaryo tumanining Oxunboboev mahallasida istiqomat qilayotgan Musurmon Аshuraliev ham 2019 yilga qadar bu haqida hech oʼylab koʼrmagandi. Hayot shunday, bir zayilda davom etadi deb oʼylagandi. Ming afsuslar boʼlsin-ki, oʼsha yili u chuqur infarktni boshdan oʼtkazadi. Hayotining maʼlum bir qismi shifoxonada, uyda oʼtdi.
—Yaratganga shukur, rizq-nasibam uzilmagan ekan. Shifokorlar yordami bilan qayta hayotga qaytdim. Bolalarim, yaqinlarim yonimda, bundan ortiq baxt bormi insonga,—deydi Musurmon Аshuraliev.
Аmmo, dard kelsa, qoʼsha-qoʼsha keladi degan gap bor. Oʼylab qaraydigan boʼlsa, rost gapga oʼxshaydi. 2021 yilga kelib, Musurmon Аshuralievni tayanch tizimi bilan bogʼliq muammo qiynay boshladi. Yana shifoxonaga, u yerdagi malakali mutaxassislarga murojaat qildi. Zarur tekshiruvlardan oʼtgach, unga displastik koksartroz tashxisi qoʼyilib, tayanch harakat tizimi bilan bogʼliq murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazilishi zarur ekanligi toʼgʼrisida unga, uning yaqinlariga aytishdi.
Ushbu turdagi amaliyot kattagina xarajat talab etganligi bois, oʼz vaqtida oʼtkazilmay qolib ketdi. Xullas, kichik muammo, bora-bora katta muammoga aylandi. Davlatimiz rahbarining sogʼliqni saqlash tizimiga boʼlgan eʼtibori, aholini tibbiyotga emas, tibbiyotni aholigi yanada yaqinlashtirish maqsadida olib borayotgan islohotlari sabab, Musurmon Аshuraliev ushbu darddan butunlay qutiladigan boʼldi.
Eng quvonarli tomoni, bu boradagi amaliyot Guliston tibbiyot klasterda, uning nerotravmatologiya boʼlimida, boʼlim boshligʼi, ortoped-travmatolog Sevara Tuychieva, u boshchiligidagi ortoped-travmatologlar Muhiddin Eshboev, Oxunjon Hasanovlar hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ortopedi ilmiy amaliy tibbiyot markaz, ortoped-travmatologi Sardor Qahramonov tomonidan muvaffaqiyatli oʼtkazildi.
Dori-darmon, amaliyot uchun zarur boʼlgan mablagʼ Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi hisobidan qoplab berildi. Аyni vaqtda, bemor salomatligi ancha yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olyapti.
—Buning uchun, eng avvalo Prezidentimizga, salomatligimni tiklashga, tayanch harakati tizimi bilan bogʼliq muammodan qutilishga yordam bergan, sirdaryolik va poytaxtlik mutaxassislarga chin qalbimdan tashakkur bildiraman,—deydi u.