Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

"Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilgani, men uchun yanada quvonchli bo‘ldi"

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > «Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilgani, men uchun yanada quvonchli bo‘ldi»
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > «Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilgani, men uchun yanada quvonchli bo‘ldi»

Guliston tuman tibbiyot birlashmasida ilk marotaba oʼt qopida kasalligi bor boʼlgan ikki nafar bemorda yuqori texnologik, murakkab va kaminvaziv jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi.
— Quvonarli tomoni, bu turdagi amaliyotni muvaffaqiyatli oʼtkazilishida Germaniyada ishlab chiqarilgan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam jamgʼarmasi hisobidan keltirilgan zamonaviy, eng soʼngi rusumdagi laparoskopiya apparati yordami katta boʼldi,— dedi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Аlisher Erkabyoev. — Eng asosiysi, mazkur apparatni, tuman tibbiyot birlashmamizga keltirilishi, ixtisoslashtirilgan muassasalarda amalga oshirilayotgan yuqori texnologik amaliyotlarni Guliston tumanida ham yoʼlga quyish, katta hajmdagi jarrohlik amaliyotini torokoskopik, laparoskopik usullarda bartaraf etish imkonini berdi.
Oldinlari bu turdagi amaliyot uchun, Gulistonlik bemorlar, Guliston shahriga, u yerdagi viloyat davolash profilaktika muassasalariga borishgan boʼlsa, endi, esa bunga hojat qolmadi. Chunki, shunga yarasha Guliston tuman tibbiyot birlashmasida shart-sharoit, moddiy texnik baza, tajribali mutaxassislardan iborat, xirurglar guruhi shakllantirildi.
—Koʼpdan buyon, oʼt qopidagi muammo sabab, turli tibbiyot muassasalarida, xalq tabobati asosida giyoh va damlamalardan foydalangan holda, davolanib kelardim,—deydi Guliston tumanining А. Yassaviy mahallasida istiqomat qilayotgan, 46 yoshli bemor, Shahnoza Dushaboyeva.— Аmmo, bu kutilgan natijani bermadi. Аmmo, kuchli ogʼriq sabab, tuman tibbiyot muassasasiga murojaat qildim. Tajribali mutaxassislar zarur tibbiy tekshiruvdan soʼng, operativ davo zarur ekanligini, eng muhimi, oʼt qopidagi yot jismlarni kaminvaziv, laparoskopiya yordamida olib tashlaymiz deganda, oldiniga biroz chuchidim. Chunki bu turdagi amaliyotlar, Gulistonda emas, viloyat markazida oʼtkazilishini bilardim. Qarang, hozir ahvolim yaxshi, Muhimi, ushbu amaliyot boshqa muassasada emas, tuman hududida oʼtkazilgani menga quvonch baxsh etgan boʼlsa, amaliyot uchun ketgan xarajat Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilgani, quvonchimga yanada quvonch qoʼshdi.
Bir soʼz bilan aytganda, Guliston tuman tibbiyot birlashmasida oʼtkazilgan, murakkab va yuqori texnologik, kaminvazivli amaliyot, kelgusida shu turdagi amaliyotni tuman darajasida yoʼlga quyish uchun yoʼl ochdi.