Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Shifokor oldi koʼrigi xonasi qaysi vazifalarni bajirish uchun tashkil qilingan?

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Shifokor oldi koʼrigi xonasi qaysi vazifalarni bajirish uchun tashkil qilingan?
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Shifokor oldi koʼrigi xonasi qaysi vazifalarni bajirish uchun tashkil qilingan?

🔸Shifokor oldi koʼrigi xonasi registraturadan talon olgan patsientlarni birlamchi qabul qilish, shifokorga murojaat qilishning dolzarbligi masalasini hal qilish;

🔸murojaat kunida shifokor koʼrigiga muhtoj boʼlmagan bemorlarni laboratoriya va boshqa tekshiruvlar uchun yoʼnaltirish;

🔸40 yosh va undan katta aholi oʼrtasida yuqumli boʼlmagan kasalliklarning xavf omillarini aniqlash boʼyicha skrining tekshiruvlarini oʼtkazish: yurak qon-tomir kasalliklari xavfini birlamchi aniqlash, hisobotini yuritish va oilaviy shifokorga yuborish;

🔸patsientlarni shifokor oldi koʼrigidan oʼtkazish: shikoyatlarini soʼrab-surishtirish, antropometriya koʼrsatkichlari, boʼy-vazn indeksi (VBI), qon bosimi, nafas soni, pulьs, tana haroratini oʼlchash, EKG, pikfloumetriya;

🔸shikastlanish, zaharlanish va oʼtkir holatlarda shifokorgacha boʼlgan birinchi yordamni koʼrsatish;

🔸5 yoshgacha boʼlgan bolalarning oʼsish va rivojlanishi skriningini oʼtkazish, psixomotor rivojlanishdagi buzilishlar, oziqlanishni buzilishi, chanoq-son boʼgʼimi displaziyasi, boʼyin qiyshiqligi, yassi oyoqlilik, skoliozni aniqlash;

🔸patsientlarga sogʼlom turmush tarzini shakllantirish boʼyicha maslahat berish;

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Matbuot xizmati