Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Qashqadaryoda togʼa jiyaniga, singil esa akasiga buyragini berdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Qashqadaryoda togʼa jiyaniga, singil esa akasiga buyragini berdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Qashqadaryoda togʼa jiyaniga, singil esa akasiga buyragini berdi

Qashqadaryo viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi transplantatsiya amaliyotlari oʼtkazildi.

Kosonlik Muhriddin Gʼaniev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli togʼasi Bahodir Panjiyevning buyragi koʼchirib oʼtkazildi.

Аyni paytda togʼa-jiyan oʼzlarini yaxshi his etmoqda.

27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018 yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan soʼng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.

Maʼlumot uchun, ushbu yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari davlat tibbiy sugʼurtasi tizimi orqali bepul oʼtkazildi.