Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Tog‘ri qo‘yilgan tashxis samara berdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tog‘ri qo‘yilgan tashxis samara berdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tog‘ri qo‘yilgan tashxis samara berdi

Yakkabogʼlik Kulli Joʼrayevning farzandlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markaziga yoʼllanma asosida olib keldi.
– Oʼzimizda koʼringanimizda, shifokorlar gemorroidal tugunlar kattalashishi tashxisini qoʼyishdi, – deydi Kulli ota, – «dori yozib beraman, oʼz vaqtida qabul qilsangiz yaxshi boʼp ketasiz» dedi shifokorlar. Аmmo, bir necha yil oʼtsa ham dorilar foyda bermadi.Oxirgi kunlarda isitmam tushmay qoldi.Qizimni toʼyi kuni, qaltirab, hushdan ketib qoldim.
Qoʼrqib ketgan oila aʼzolari otaxonni tezda oilaviy shifokorga olib keldi. Oilaviy shifokor maslahati bilan 60 yoshli bemorga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish uchun yoʼllanma rasmiylashtirildi.
– Kulli ota bizning markazga ogʼir ahvolda kelgan, – deydi markaz shifokori Shakar Yoqubova. – Bemorni barcha zaruriy tekshiruvlardan oʼtkazganimizda, toʼgʼri ichakda hosila mavjudligi aniqlandi. Kerakli muolajalarni belgiladik.

Toʼgʼri qoʼyilgan tashxis va koʼrilgan davo choralari natijasida 14 kundan keyingi koʼrikda bemorda ijobiy oʼzgarishlar sezildi. Ishtahasi ochildi, qon tarkibi sifati yaxshilandi va hosila xajmi kichraydi.
Shifokorning aytishicha, keyingi bosqichda konservativ davo choralari amalga oshiriladi. Jarrohlik amaliyotini oʼtkazish yoki oʼtkazmaslik shunda maʼlum boʼladi.
– Yoʼllanmani uzoq kutmadik. Bizga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga borib, muolajalardan oʼtish tavsiya etildi, – deydi bemorni qizi Surayyo. – Quvonganimiz, barchasi bepul boʼldi, Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi tomonidan barcha sarf-xarajatlar qoplandi. Barchasi uchun prezidentimizga rahmat.
Kasallikni davolagandan koʼra, uning oldini olish oson. Xasta boʼlmasdan turib har bir inson shifokor qabuliga hech boʼlmaganda 1-2 yilda bir marta uchrasa maqsadga muvofiq boʼladi. Shunda, inson salomatligi bilan bogʼliq koʼpgina noxush holatlarning oldi olinadi. Albatta davlatimiz rahbarining tibbiyot sohasida olib borayotgan islohotlari tahsinga loyiq.
Bemor bilan suhbat. 


Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 
Matbuot xizmati