Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Navbatdagi murojaat o‘rganildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Navbatdagi murojaat o‘rganildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Navbatdagi murojaat o‘rganildi

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot va PR xizmati ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib boradi.
Telegram’dagi kanallarning birini kuzatganimizda, surxondaryolik Doston Qurbonovning murojaati eʼtiborimizni tortdi. Ushbu murojaatda u buyrak ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyotiga muhtojligini, ammo bunga mablag‘ini yo‘qligini maʼlum qilgan.
Jamg‘armamizning Surxondaryodagi vakili bemorning holatini o‘rganish uchun uyiga bordi. Biroq, bu vaqtda Doston viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nefrologiya bo‘limida davolanayotgan ekan.

Vakilimiz mazkur markazga borib, Doston bilan suhbatlashdi. Maʼlum bo‘lishicha, u 2022-yildan buyon surunkali glomerulonefrit aralash shakli, buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelgan. Yaqindan chap buyrak gipoplaziyasi tashxisi bilan gemodializ olishni boshladi.
Suhbat davomida Dostonga yaqinlari donorlik qilsa, buyrak ko‘chirib o‘tkazish yuqori texnologik jarrohlik amaliyotining sarf-xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplab berishi tushuntirildi.


Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot va PR xizmati