Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Qashqadaryo viloyatida amalga oshirish boʼyicha viloyat hokimi bilan “yoʼl xaritasi” tasdiqlandi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Qashqadaryo viloyatida amalga oshirish boʼyicha viloyat hokimi bilan “yoʼl xaritasi” tasdiqlandi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Qashqadaryo viloyatida amalga oshirish boʼyicha viloyat hokimi bilan “yoʼl xaritasi” tasdiqlandi

Bu haqida Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasida oʼtkazilgan “Qashqadaryoda davlat tibbiy sugʼurtasi tizimini joriy qilish bilan bogʼliq islohotlar toʼgʼrisida” seminarda alohida qayd etildi.

Unda davolash-profilaktika muassasalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari F.Sharipov va boshqalar ishtirokchilarga batafsil tushuncha berdi.

2025 yil 1 yanvardan Qashqadaryo viloyatida davlat tibbiy sugʼurtasi tizimining joriy etish koʼzda tutilmoqda. Xususan, kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi asosida aholiga bepul tibbiy yordam koʼrsatishni tashkil etilishi yoʼlga qoʼyiladi. Unga koʼra, kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga quyidagilar kiradi:

-oilaviy poliklinikani – 15 ta laborator tahlil, 23 ta diagnostik tekshiruv, 90 turdagi dori vositasi, 49 nomdagi tibbiy buyumlar;
-koʼp tarmoqli poliklinikani – 22 ta laborator tahlil, 28 ta diagnostik tekshiruv, 138 turdagi dori vositalari, 57 nomdagi tibbiy buyumlar;
-shifoxonani – 46 ta laborator tahlil, 28 ta diagnostik tekshiruv, 235 turdagi dori vositalari, 76 nomdagi tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish koʼzda tutilgan.
Bemor oilaviy shifokor yoʼllanmasi asosida tor soha mutaxassislariga murojaat qiladi yoki shifoxonaga yotqiziladi. Tibbiyot muassasalarini tibbiy jihoz va kompьyuter texnikalari bilan taʼminlash choralari koʼriladi. Moliyalashtirishning yangi usuli, poliklinikada “aholi jon boshiga” va shifoxonalarda “har bir davolangan holat” boʼyicha amalga oshiriladi.

Tibbiyot muassasalarida mablagʼlarning maqsadli va samarali sarflanishining doimiy monitoringi yoʼlga qoʼyiladi. Yagona axborot platformasi yaratilib, barcha tibbiyot muassasalarga zarur dasturlar oʼrnatiladi.

Аholiga dori vositalarini elektron retsept asosida bepul berish – Reimbursatsiya tizimi joriy etiladi. Tibbiy xizmatlarning sifat nazorati, samaradorligi va natijadorligining monitoringi yoʼlga qoʼyiladi. Yoʼllanmalarning asosli berilishi hamda aholiga kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlarning toʼliq hajmda taqdim etilishi taʼminlanadi.

Seminarda “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondoshuvlar asosida tashkil etish” boʼyicha ham taqdimot oʼtkazildi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jmag’armasi
Matbuot va PR xizmati.