Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Ona o‘z farzandiga bir buyragini berdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ona o‘z farzandiga bir buyragini berdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ona o‘z farzandiga bir buyragini berdi

Guliston tumanining Dehqonobod mahallasida istiqomat qilayotgan Gulzamon Abdumo‘minova 1994-yilda tug‘ilgan farzandi Ubaydulla Habibullayevga bir buyragini berib, unga ikkinchi bor hayot baxsh etdi, deb yozadi Malham. 
Bemor, bundan bir yil muqaddam, buyrak yetishmovchiligi muammosi sabab turli muassasalarga murojaat qildi. Ammo, natija bo‘lmagach, Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya va gemodializ bo‘limida dializ muolajalarini olib kelayotgandi.
Kuni kecha, bemor, unga donorlik qilgan onada buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bunga sarflangan xarajatlarni esa Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplab berdi.
— Ona uchun, farzand salomatligi, uning baxti-kamolidan-da, ortiqcha baxt bo‘lmasa kerak, — deydi gulistonlik ona. — Unda, salomatlik bilan bog‘liq muammo kuzatilgach, rosti shu bugungi kungacha kunim tinch o‘tmadi. Qayerga bormay, kim bilan uchrashmay, o‘g‘limni buyrak bilan bog‘liq muammosi ko‘z o‘ngimdan o‘taverdi. Gulday umri xazon bo‘layotgan o‘g‘limni salomatligi, buyrak bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish uchun donor qidirdik. Lekin topolmadi. Shundan keyin o‘zim berishga qaror qildi. Mana ko‘rib turganingizdek sog‘-salomatmiz deya baralla ayta olaman.
Ayni vaqtda bemor va uning onasi Guliston tibbiyot klasterda, shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olyapti. Eng muhimi, buyrak transplantatsiyasidan so‘ng bemor salomatligi ko‘rsatkichi ancha yaxshilandi. Nasib qilsa, bemor va unga donorlik qilgan ona sog‘-salomat, xursandchilik bilan uyga qaytishadi.
Mazkur amaliyot, Sirdaryo viloyati tarixida o‘n uchinchisi bo‘lib, shundan ikkita amaliyotni sirdaryolik mutaxassislar mustaqil bajardi.
Ayni vaqtda, ularning salomatligi ancha yaxshi.