Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Matbuot anjumani

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Matbuot anjumani
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Matbuot anjumani

2024-yil 13-mart kuni soat Axborot va ommaviy kommunikasiyalari agentligida “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yuqori texnologik tibbiy yordam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–5199-son qaroriga muvofiq imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilmoqda.

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga elektron yoʻllanma asosida koʻrsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash maqsadida Jamgʻarma bilan 2023 yil uchun 96 ta, 2022 yilda 110 ta va 2021-yilda 14 ta tibbiyot tashkiloti bilan shartnomalar imzolangan.
2023-yilda 98 715 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar yoʻllanma asosida davolangan boʻlib, koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun sarflangan 699,7 mlrd soʻmlik xarajatlarni Jamgʻarma toʻliq qoplab berdi.

Bunda, murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari, jigar va buyrak transplantasiyasi, intrakranial endovazkulyar amaliyotlar, sun’iy boʻgʻim (endoprotez) va moslamalar oʻrnatish hamda shu kabi amaliyotlarni oʻtkazish uchun sarflangan barcha xarajatlar, jumladan qimmatbaho sarflov materiallari, protezlar xarajatlari bazaviy narxlar doirasida toʻliq Jamgʻarma tomonidan qoplab berilishi ta’minlanmoqda.
Davolangan bemorlar soni quyidagi jadvalda keltirilgan:

Davolangan bemorlar
2021-yil
(3 оy)
2022-yil
(12 оy)
2023-yil
(12 оy)
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 
4 077
50 453
58 704
Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida
1 456
27 133
Hududiy tibbiyot muassasalarida
7 529
9 661
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida
484
3 217
Jami bemorlar soni
4 077
57 922
98 715

Bemorlarni davolash xarajatlarini qoplash uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlar haqida ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:

O‘tkazib berilgan malbag‘
2021-yil
(3 оy)
2022-yil
(12 оy)
2023-yil
(12 оy)
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 
40,8
309,6
465,5
Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida
17,1
93,6
Hududiy tibbiyot muassasalarida
31,1
83,0
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida
7,6
57,6
Jami bemorlar soni
40,8
365,4
699,7

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻz mikroxirurgiyasi, urologiya, kardiologiya, travmatologiya va ortopediya, akusherlik va ginekologiya, xirurgiya, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya va yuz-jagʻ kasalliklari yoʻnalishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatilishiga ruxsat berilgan.
Shunga muvofiq, 2023-yilda Jamgʻarma tomonidan 30 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti bilan shartnomalar tuzildi hamda ularda davolangan 3 217 nafar (2022-yildan 6,6 barobar yoki 2 733 nafarga koʻp) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan 57,6 mlrd.soʻm qiymatidagi tibbiy yordam xarajatlari qoplab berildi.
2023-yilda 41 ta hududiy tibbiyot muassasalarida jami 9 661 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar oʻz yashash hududida davolanib, bemorlarning Toshkent shahriga kelib-ketishi bilan bogʻliq ortiqcha sarf-xarajat va sarson boʻlishini oldi olindi.

Hududiy tibbiyot muassasalarida yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida mazkur muassasalar uchun
2023-yilda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun jami 83,0 mlrd. soʻm mablagʻlar toʻlab berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash natijasida quyidagi ustuvor natijalarga erishildi:
-imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish uchun yoʻllashning shaffof mexanizmlari joriy etildi;
-imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarning nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy yordam koʻrsatish ilk bor yoʻlga qoʻyildi;
-bemorlarning tibbiyot tashkilotlarida davolanishlari uchun sarflangan barcha xarajatlar, jumladan qimmatbaho sarflov materiallari, protezlar xarajatlari toʻliq Jamgʻarma tomonidan qoplab berilishi ta’minlandi;
-hududiy tibbiyot muassasalari Jamgʻarma bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash boʻyicha shartnoma tuzganligi natijasida ushbu shaxslarga yuqori texnologik tibbiy yordam yaqinlashtirildi va ularga qulayliklar yaratildi;
-imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar xarajatlari Jamgʻarma tomonidan qoplash jarayonlari raqamlashtirildi va inson omili kamaytirildi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 
Matbuot xizmati