Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

JSST missiyasi Sirdaryoda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini oʻrgandi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > JSST missiyasi Sirdaryoda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini oʻrgandi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > JSST missiyasi Sirdaryoda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini oʻrgandi

Respublikamizda tajriba-sinov tariqasida birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimida yoʻlga qoʻyilib, aprobasiyadan oʻtkazilgan davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi va uni amalga oshirish mexanizmlari bilan bogʻliq ishni oʻrganish hamda tahlil etish maqsadida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti missiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari hamrohligida Sirdaryo viloyatida boʻldi.
JSST missiyasi a’zolari Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Yusuf Mirxonov va boshqa mutaxassislar bilan davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi bilan bogʻliq ishlarning borishi, istiqboldagi rejalar xususida fikr almashishdi.
Soʻngra Guliston shahar tibbiyot birlashmasi, unga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 2- oilaviy poliklinika hamda Boyovut tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 5- oilaviy poliklinikada boʻlishib, davlat tibbiy sugʻurta mexanizmi asosida tashkil etilgan tibbiy xizmat turlari bilan yaqindan tanishdi. Oila shifokori, amaliyotchi hamshira va boshqa mutaxassislar bilan uchrashib, ularga oʻzlarining maslahat va tavsiyalarini berishdi.
— JSST missiyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv har jihatdan foydali boʻldi, — dedi Guliston shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Murod Koʻpaysinov. — Missiya tomonidan davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmi, uni joriy etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qimmatli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy sugʻurtadan koʻzlangan asosiy maqsad tibbiy xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, aholini tibbiyotga emas, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish ekanligiga urgʻu berildi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot va PR xizmati