Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Hamkorlikning yangi qadamlari

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hamkorlikning yangi qadamlari
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hamkorlikning yangi qadamlari

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Ozarbayjon davlat majburiy tibbiy  sug‘urta agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Memorandumni ikkala tashkilot rahbarlari Z. Ermatov va Z. Aliyev imzoladi.
Memorandum ikki institut o‘rtasida sheriklik, samarali va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni nazarda tutadi. Memorandum doirasida majburiy tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hujjat asosida tomonlar tibbiy yordam sifatini nazorat qilish, imtiyozli dori vositalari bilan taʼminlash usullarini qoʻllash, moliyaviy mexanizmlar, axborot texnologiyalari va majburiy tibbiy sugʻurta doirasidagi boshqa tadbirlarni qoʻllash boʻyicha tajriba almashish, oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha ish olib borish boʻyicha kelishuvga erishdi.


DTSJ Matbuot va PR xizmati