Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda

2024 yilda Toshkent shahridagi tumanlarda reimbursatsiya dasturini bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Hozirda Uchtepa va Shayxontoxur tumanlarida reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda vakillarimiz ushbu tumanlardagi poliklinikalar va ularga yaqin joylashgan dorixonalarni reimbursatsiya tizimiga jalb etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini o‘tkazmoqda.

Reimbursatsiyada ishtirok etayotgan dorixona bemorga dori-darmonni elektron retsept asosida bepul beradi. Bunda berilgan dori bo‘yicha dorixonalar sarf-xarajatini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplab beradi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati