Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi joriy etilgan tibbiyot tashkilotlariga moliyaviy mustaqillik berilgan, tashkilotlarning shtatlar jadvali tavsiyaviy xususiyatga ega.
📌Jamgʻarma tomonidan tibbiyot tashkilotlarini uchta toʻlov usuli asosida moliyalashtiriladi:
🔸 Global byudjet;
🔸 Aholi jon boshiga;
🔸 Har bir davolangan holat boʻyicha, yaʼni bu boʻyicha xarajatlar statsionarlarga rejalashtirilgan mablagʻlarning 90 foizi oldindan toʻlov usulida moliyalashtiriladi, qolgan 10 foiz mablagʻlar statsionarlarda davolangan bemorlar toʻgʻrisidagi 066-shakldagi hisobot taqdim etilgandan keyin qayta hisob-kitob qilinib amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston 24 TVning “ Axborot” dasturida koʻring!
DTSJ Matbuot va PR xizmati