Davlat tibbiy sug‘urta tizimi dastlab Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan o‘tkazilib, kelgusida barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Ushbu mexanizm bilan bog‘liq ishlar Sirdaryo viloyatida joriy yilning 1 iyulidan boshlandi. Tizim bo‘yicha tibbiyot xodimlari ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga haq oladi.
Hisob-kitob ishlari Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat turi, sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.