Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Amaliyotning ertasi kuniyoq bemor oyoqqa turdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Amaliyotning ertasi kuniyoq bemor oyoqqa turdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Amaliyotning ertasi kuniyoq bemor oyoqqa turdi

Chiroqchilik Fayzulla bobo To‘rayev 80 yoshda. RIKIATM Qarshi filialiga holsizlik, bosh aylanishi va yurak urishini kamayishi bilan shikoyat qilgan Fayzulla bobo ushbu darddan tezroq forig‘ bo‘lishni va uzoq yashash istagi borligini bot-bot takrorlardi.

Tegishli tekshiruvlardan o‘tkazilgan otaxonda yurak ishemik kasalligi fonida to‘liq atrioventrikulyar (AV) blokada ya’ni yurak pulsining keskin tushib ketishi aniqlandi. Bu esa zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini talab etadi. Otaxon bunday amaliyot uchun mablag‘i yo‘qligini aytib, xursindi.

Shunda bemorga Davlatimizda imtiyozli toifadagi shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi va davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jarrohlik yo‘li orqali elektrokardiostimulyator apparati qo‘yildi. Amaliyotning ertasi kuniyoq bemor oyoqqa turdi…

Fayzulla bobo Yurtboshimiz amalga oshirayotgan bu kabi islohotlardan mamnun bo‘lib, duo qildilar.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati.