Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Avvaliga bilmagandik, negadir og‘riqlar ko‘payib ketdi...

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Avvaliga bilmagandik, negadir og‘riqlar ko‘payib ketdi…
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Avvaliga bilmagandik, negadir og‘riqlar ko‘payib ketdi…

Orasta Ortiqboeva 12 yoshda. U bir necha yillar davomida sog‘ligidagi muammolar sababli tengdoshlariga qo‘shila olmay, ular kabi yelib-yugursa hansirab, nafas olishga qiynalib qolishdan azob chekdi. Negadir, undagi belgilar bilan, kasallikka aniq tashhis qo‘yilmadi. Qizaloq turli shifokorlar qabulida bo‘lganda, ozroq davolasa sog‘lig‘i tiklanishi aytilardi-yu natija kutilganiday bo‘lmasdi. May oyida kuzatilgan og‘riqlardan keyin oilaviy shifokor qabuliga borgan qizaloqning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

– Avvaliga bilmagandik, keyingi yillarda negadir og‘riqlar ko‘payib ketdi, – deydi Orastaning onasi Shahlo Udaeva. – Nafas yetishmovchiligi sababli bir necha marta davolandik. Keyinchalik tekshiruvlarda farzandimning yuragida nuqsoni borligi aniqlandi. Ammo, jarrohlik amaliyoti uchun yetarlicha mablag‘imiz bo‘lmagani bois qizimga dori vositalari ichirib yurdik.

Qachonki, oilaviy shifokor Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Orasta kabi bolalarda o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ ajratishini eshitganda ona-bola uchun umid uchqunlari yondi. Qizaloqqa poytaxtdagi Sino Med Professional nodavlat klinikasida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bemorda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti uchun sarf-xarajatlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berdi. 

Hozirda Orastaning ahvoli ancha yaxshi, jarrohlarning aytishicha, to‘laqonli sog‘lom hayotga qaytmaguncha u doimiy nazoratda bo‘ladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati