Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Bir murojaat - bir taqdir

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat – bir taqdir
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat – bir taqdir
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi  tibbiy yordam hajmi va sifati yuzasidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar hamda ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra:
Jami muloqot qilindi – 16 855 nafar bemorlar bilan.
shundan:
Bemorlarga Jamgʼarma xodimlari tomonidan – 8883 nafar (52,7%),
Jamgʼarma ishonch telefoniga qilingan murojaatlar orqali
–7972 nafar (47,3%).
Bir kunda oʼrtacha – 67 nafar bemor bilan muloqot oʼtkazildi.
Jamgʼarmaga shikoyat va minnatdorchilik bilan murojaat qilgan shaxslar –287 nafar (3,6 %).
shundan:
yozma murojaat asosida – 17 ta:
Dori vositalari va jarrohlik amaliyoti uchun oʼz xisobidan pul
mablagʼlari sarflagan – 8 ta,
Oʼz xisobidan pul mablagʼlari harajat qilganligi yuzasidan – 5 ta,
Moddiy yordam soʼrab – 3 ta,
Davolanish sifatidan norozi – 1 ta.
Ogʼzaki murojaat asosida – 241 ta:
Shifoxona sharoitidan norozi –12 ta,
Davolanish sifatidan – 57 ta,
Pul toʼlash kerakligi yuzasidan – 5 ta,
Tibbiyot xodimlarini qarovidan noroziligi yuzasidan –28 ta,
Tibbiyot muassasasiga imtiyozli yoʼllanma bilan qabul qilmaganligi
yuzasidan – 18 ta,
Tibbiyot muassasada kerakli dori-vositalari taʼminlab bermaganligi
yuzasidan –7 ta,
Davolanish jarayonida kerakli tekshiruvlar oʼtkazmaganligi yuzasidan
– 1 ta,
Oylik ish haqqi toʼlanmaganligi yuzasidan –5 ta,
Reimbursatsiya yuzasidan –5 ta,
Imtiyozli yoʼllanma olish tartibi yuzasidan –24 ta,
Oʼz hisobidan pul mablagʼlari harajat qilganligi yuzasidan –2 ta,
Dori vositalari oʼz hisobidan sotib olinganligi yuzasidan–34 ta,
Oziq-ovqat sifatidan noroziligi yuzasidan –3 ta,
Moddiy yordam soʼrab – 15 ta,
Imtiyozli yoʼllanmani oʼzgartirish yuzasidan – 9 ta,
Tibbiy anjomalar uchun pul talab qilinganligi yuzasidan – 2 ta,
Tibbiyot xodimlari dori-vositalarni yozganligi yuzasidan – 5 ta,
Qoʼshimcha kasalliklarni davolash yuzasidan – 1 ta,
Muddatidan avval ruxsat berilganidan – 2 ta,
Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi faoliyati xaqida – 4 ta,
Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma tuzish yuzasidan
 – 2 ta.
Telegram kanali orqali murojaatlar – 3 ta;
Ijtimoiy tarmoqda moddiy yordam soʼrab – 1 ta;
Elektron manzilga kelib tushgan murojaatlar – 14 ta;
Virtual qabulxonadan – 1 ta;
Murojaatlar mazmuni asosan Jamgʼarma faoliyati yuzasidan.
Jamgʼarmaga minnatdorchilik bildirib murojaat qilgan shaxslar – 10 ta.
Yozma murojaatlar muassasalar kesimida:
Onkologiya markazi boʼyicha – 2 ta,
Xirurgiya markazi boʼyicha – 1 ta,
Pediatriya markazi boʼyicha – 1 ta,
Аkusherlik va ginekologiya boʼyicha – 2 ta,
Kardiologiya markazi boʼyicha – 1 ta,
Toshkent tibbiyot akademiyasi boʼyicha – 2 ta,
Bolalar milliy tibbiyot markazi – 3 ta,
Аndijon davlat tibbiy klinikasi – 1 ta,
“BAHOR NUR” (“Shox Med Service”) MChJ – 1 ta
Fuqarolardan kelib tushgan yozma murojaatlar yuzasidan Sogʼliqni saqlash vazirligi va tegishliligi boʼyicha tibbiyot muassasalariga Jamgʼarmadan xatlar chiqarilgan, barcha yozma murojaatlar ijobiy hal qilingan.
Ular: fuqaro Mamatxon Joʼraxonov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida imtiyozli yoʼllanma asosida yotib davolanish davrida jarrohlik amaliyoti va dori vositalari uchun oʼz hisobidan 2 800 000 soʼm pul mablagʼlari sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bemor tomonidan sarflangan pul mablagʼlari qaytarib olib berildi. Shuningdek, fuqaro Zarifa Boʼronova Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi imtiyozli yoʼllanma asosida yotib davolangan. Zarifa Boʼronova tomonidan dori vositalari uchun ortiqcha sarflagani uchun unga 1 250 000 soʼm pul mablagʼlari qaytarib olib berildi.
Ogʼzaki murojaatlar:

Jamgʼarmaning masʼul xodimlari tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan telefon orqali bogʼlanib bemorlar eʼtirozlarini bartaraf qilishga erishishdi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot va PR xizmati