Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Bir murojaat izidan

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat izidan
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat izidan

Gulbahor Bekmirzayeva Jizzax viloyati Baxmal tumani Novda qishlogʻida yashaydi. 33 yoshida yurak ishemiyasi tashxisi bilan davolangan boʻlib, 2015-yilda yuragiga sun’iy klapan qoʻyilgan. 2019–yilda insult sabab chap tarafi ishlamay qolgan va birinchi guruh nogironligiga chiqarilgan.
Bemor chap oyoq sohasidagi ogʻriqlar sabab, yurishga qiynalayotgani sababli yordam soʻragan.

Jamgʻarmaning Jizzax viloyati hududiy vakili Novda OShP vakillari bilan bemorni uyiga borib holatni oʻrgandi. Gulbahorga travmatolog va nevropatolog koʻrigi zarurligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelindi.
Mutaxassislar tomonidan bemorga kontraktura tashxisi qoʻyilib, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya boʻlimiga yotqizish tavsiya etildi. Hozirda imtiyozli yoʻllanma shakllantirish uchun bemorning hujjatlari elektron tizimga kiritildi.

Izoh: Kontraktura — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi boʻlib, boʻgʻimning yozilmay yoki bukilmay qolishi kontrakturaning asosiy koʻrinishlaridan hisoblanadi. Kontraktura tugʻma boʻlishi mumkin, bu rivojlanish nuqsonlari bilan bogʻlangan boʻlib, tuzalmaydi va muayyan a’zo shakli oʻzgarganicha qoladi. Orttirilgan kontraktura esa boʻgʻimning yoki muskullarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bosh miya shikastlanishi ham bunga sabab boʻlib, nervlar falajlanadi.


Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot xizmati