Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etishga qaratilgan ishlar qizgʻin davom etmoqda. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tibbiyot xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etmoqda.
Amalga oshirilayotgan yangiliklar va natijalar haqida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi boshligʻi v.b B.Moʻminov soʻzlab berdi.
Batafsil “Toshkent” TVning “Poytaxt” koʻrsatuvida.
DTSJ Matbuot va PR xizmati