Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali, Akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari
shular sirasida.
Qayd etish kerakki, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Jizzax viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda viloyat KTTMlari bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Imzolangan shartnomalar asosida tibbiyot muassasalari imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolashadi.
Har bir bemorni davolash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni Jamgʻarma koʻrsatilgan tibbiy yordam sifatini baholagan holda qoplab beradi. Natijada imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga qulaylik yaratiladi hududlardan Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot muassasalariga kelib, vaqt va mablagʻ sarflashining oldi olinadi.
Endi imtiyozli toifaga kiruvchi bemor elektron axborot tizimi orqali navbatga qoʻyilib, shakllantirilgan yoʻllanmalar asosida oʻz viloyatida yoki yaqin hududda joylashgan va Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasasida bepul, yuqori texnologik tibbiy yordam oladi.
Hamkorlik borasida shartnomalar tuzish tadbirlari ertaga ham davom etadi.