Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Baxtiyor Nagalov anchadan buyon ikki tomonlama koksartroz kasalligidan aziyat chekayotgandi. Jarrohlik amaliyoti uchun yetarlicha mablagʼ topolmagani bois davolanishi ortga surilayotgandi.

💎Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi esa bunday bemorlar uchun qulaylik yaratmoqda. B.Nagalovning ham barcha harajatlarini jamgʼarma qoplab berdi.