Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida davlat tibbiy sugʼurtasini joriy etish boʼyicha aholiga tushuntirish ishlarini kengaytirish, islohotlarni samarali yoʼlga qoʼyish yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi hududiy boʼlinmasi mutaxassislari, RIO va BSIАTM Surxondaryo filiali bosh vrach oʼrinbosari, boʼlim mudirlari, bosh va katta hamshiralar, shuningdek tashkiliy-uslubiy boʼlim xodimlari ishtirokida boʼlib oʼtgan majlisda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar oʼrganildi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati