Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishdan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishdan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishdan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash

Bugun Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan hududiy vakillarimiz tibbiyot muassasalarida bo‘lib, monitoring ishlarini davom ettirdi.

Unda davolanib chiqqan bemorlarni hujjatlarini rasmiylashtirish va elektron yo‘llanmalarni qabul qilishda e’tiborli bo‘lish, tibbiyotni raqamlashtirish, lokal tarmoq va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiyot yordam sifatini oshirish kabi masalalar muhokama etildi.

Shifoxonada aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda oshkoralik, shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan tibbiy yordam ko‘rsatishni shakllantirish, bemor davolanib chiqqandan so‘ng tibbiy xizmatlar uchun sarf harajatlarni Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi qoplab berish ham keng miqyosda tushuntirilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati.