Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha trening: samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha trening: samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha trening: samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-311 qaroriga muvofiq Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini joriy etish chora tadbirlar rejasini oʼz vaqtida sifatli va samarali amalga oshirishni tashkillashtirish mavzusida davlat tibbiy sugʼurtasi boʼlimining yetakchi xodimlari va Respublika OITSga qarshi kurashish markazi maʼmuriyati hamda tegishli xodimlari bilan trening oʼtkazildi.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi majlislar zalida boʼlib oʼtgan uchrashuvda Jamgʼarma ijro etuvchi direktorining birinchi oʼrinbosari Shuhrat Inoyatov va ijro etuvchi direktorining oʼrinbosari Ulugʼbek Kandimovlar ishtirok etishdi. Qizgʼin bahs-munozara koʼrinishda kechgan yigʼilishda qatnashchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati