Joriy yilning 1-iyulidan Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi sinov tariqasida yoʻlga qoʻyildi. Endilikda bu xizmat yana qaysi hududlarda yoʻlga qoʻyiladi? Nodavlat tibbiyot muassasalarida ham joriy etiladimi?
2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish orqali ushbu hududda tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modellarini aprobatsiyadan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-mayda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandiga muvofiq davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etilishini tezlashtirish maqsadida ushbu tizimning alohida mexanizmlarini 2021-yil 1-avgustdan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan.