— Ikki yil avval terimda juda kuchli qichishish paydo bo‘ldi, — deydi 28 yoshli bemor Bobur Alixonov. — Keyinchalik rangim sarg‘aya boshladi. Shundan so‘ng tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorlariga murojaat qildik. Topshirgan qon tahlillarim menda gepatit V kasalligi borligini ko‘rsatdi.
Vrachlar tavsiyasi bilan tibbiy muolajalar olishni boshladim, biroq umumiy ahvolimda ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng Andijon viloyat klinik shifoxonasida qayta tibbiy tekshiruvlardan o‘tdim.
— Yakuniy tahlillardan keyin shifokorlar jigarimda jiddiy xastalik borligini, uni esa Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsagina, davolash mumkinligini aytishdi. Ochig‘i, avvaliga biroz qo‘rquv bo‘ldi. Ammo, shifokorlarning tavsiyalari, ruhiy daldasi ushbu hayajonni yengishimga katta yordam berdi. Hozir hamma qo‘rquvim tarqadi, mana bir necha kundan keyin uyga ketaman.
— Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasidan minnatdorman, biz kabi bemorlarni hayotga qaytishimizga ko‘mak berayotgani uchun.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati