Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha seminar Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha seminar Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha seminar Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etildi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hokimligida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Toshkent viloyati hududiy bosh mutaxassisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-311-sonli qarori mazmun-mohiyati, qarordagi vazifalarni bajarilishi va davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tadbirda Yuqori Chirchiq tuman hokimi U. Atemov, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Unda kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, imtiyozli yoʻllanma asosida davolanish, reimbursatsiya dasturi boʻyicha maʼlumotlar yetkazildi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati