Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Toshkent shahridagi poliklinikalarda davlat tibbiy sug‘urtasi Reimbursatsiya dasturi taqdimot o‘tkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkent shahridagi poliklinikalarda davlat tibbiy sug‘urtasi Reimbursatsiya dasturi taqdimot o‘tkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkent shahridagi poliklinikalarda davlat tibbiy sug‘urtasi Reimbursatsiya dasturi taqdimot o‘tkazildi

Bugun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi qator poliklinikalarda Reimbursatsiya dasturi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Vakillarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-311-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarorlarida Reimbursatsiya dasturi boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Shayxontohur tumanidagi qator oilaviy poliklinikalarda boʻlib, tibbiyot xodimlari oʻrtasida tushuntirishlar olib bordi.

Shuningdek, vakillarimiz tibbiyot xodimlariga DMED axborot dasturidan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berdi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati