Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Dori-darmonlarga ancha pul ketadi deb xato o‘ylabman

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Dori-darmonlarga ancha pul ketadi deb xato o‘ylabman
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Dori-darmonlarga ancha pul ketadi deb xato o‘ylabman

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar roʻyxatiga 18 yoshga toʻlmagan bolalar ham kiritilgan. Shu bois ham ularga tibbiy xizmatlar bepul koʻrsatilishi kafolatlanadi. Zero, yosh avlodning salomatligiga e’tibor, tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismidir.
Bu borada Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnoma asosida hamkorlik qilayotgan poytaxtimizdagi 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoʻllanma asosida davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlarni Jamgʻarma qoplab bermoqda.
Bunday qulayliklardan albatta aholi mamnun. Misol uchun, Gulzoda Muhamadiyeva farzandini ushbu shifoxonaga olib kelganida, bolaning ahvoli ogʻir edi. Davolash muolajalari oʻz samarasini berdi.

– Qoʻlimda yoʻllanma boʻlsa ham, dori-darmonlarga ancha pul ketadi deb oʻylabman, – deydi Gulzoda opa. – Yoʻq, bilsam xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplanar ekan. Bunday qulaylik uchun Prezidentimizdan minnatdorman.
Yana bir bemorning onasi Durdona Rasulovaning aytishicha, farzandining isitmasi koʻtarilgan, uy sharoitida tushurishni imkoni boʻlmadi.
– Bu erga kelganimizda shifokorlar darhol kerakli muolajalarni boshlab yuborishdi, – deydi Durdona Rasulova, – Hozir ahvoli yaxshi. Yo‘llanma asosida bepul davolandik, shifokorlarga hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga katta rahmat.