Bugun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi rahbariyati va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ekspertlari “Oʻzbekistonda dori vositalari narxini shakllantirish va qoplash (reimbursatsiya) tizimini mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha JSST missiyasi” doirasida belgilangan vazifalarni muhokama qildi.
JSST missiyasining maqsadlari:
➖dori vositalarining narxini belgilash va qoplash boʻyicha vakolatlarni nazarda tutuvchi yangi qonun hujjatlarini tayyorlashda Jamgʻarmaga texnik yordam koʻrsatish hamda Reimbursatsiya dasturining geografik kengayishini qoʻllab-quvvatlash;
➖hamkorlikda dori yetkazib beruvchi takshilotlar bilan tadbirlar oʻtkazish;
➖qoplanadigan dori vositalari narxini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish.
Missiya joriy yilning 20-avgustiga qadar davom etadi. Ushbu missiya doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar kanalimizda eʼlon qilinadi.