…Bunday qulayliklardan albatta aholi mamnun. Misol uchun, Gulzoda Muhamadiyeva farzandini ushbu shifoxonaga olib kelganida, bolaning ahvoli ogʻir edi. Davolash muolajalari oʻz samarasini berdi.
– Qoʻlimda yoʻllanma boʻlsa ham, dori-darmonlarga ancha pul ketadi deb oʻylabman, – deydi Gulzoda opa. – Yoʻq, bilsam xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplanar ekan. Bunday qulaylik uchun Prezidentimizdan minnatdorman.
DTSJ Matbuot va PR xizmati