Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

DTSJ: bemorlarning yashashga ishtiyoqi ortmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > DTSJ: bemorlarning yashashga ishtiyoqi ortmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > DTSJ: bemorlarning yashashga ishtiyoqi ortmoqda

Qashqadaryolik Muhabbat Sultonova yuragidagi ogʻriqlar sabab, ancha vaqt qiynalib yurdi. Yaqinda esa imtiyozli yoʻllanma asosida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazdi. Ushbu jarrohlik uchun sarflangan xarajatlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻlab berdi.

–Shunday imkoniyatlarni yaratga Davlatimiz rahbaridan minnatdorman, – deydi Muhabbat opa. – Qolaversa, biz kabi pensiyaga chiqqan va tibbiy xizmatga muhtoj bemorlarda jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun toʻlovlarni qoplab berayotgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga ham oʻz rahmatimni aytaman.

Maʼlumot uchun: joriy yilning oʻtgan davrida 58 nafar bemorda oʻtkazilgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari uchun Jamgʻarma 897 mln soʻm mablagʻ ajratdi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati