Hozirda Toshkent bo‘linmasi Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan Toshkent shahar davolash-profilaktika muassasalari mas’ul xodimlar (bosh shifokorlar, bosh shifokor o‘rinbosarlari, statistlar)iga oylik hisobotlarni taqdim etish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga oid masalalarda uslubiy yordam ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida alohida surunkali kasalliklari (gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi)ga chalingan Dispanser nazoratidagi bemorlar soni to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ilmoqda.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati.