Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

“Kapalak bolalar” haqida eshitganmisiz? Bu ibora terining kam uchraydigan genetik kasalligi – bullyozli epidemoliz bilan tugʼilganlarga nisbatan ishlatiladi. Yaʼni ushbu kasallik bilan tugʼilgan bolalarning zaif terisi kapalakning nozik qanotlariga oʼxshatiladi.

🇺🇿Hozirda mamlakatimizda ana shunday tashxis bilan tugʼilgan 365 nafar bola roʼyxatga olingan. Ular doimiy parvarishga, eʼtiborga muhtoj. Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma asosida hamkorlik qilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ana shunday irsiy kasallik tashxisi qoʼyilgan bolalarga tegishli bepul tibbiy yordam koʼrsatib kelinmoqda.

–Mazkur boʼlim MDH davlatlari orasida yagona hisoblanadi, – deydi gen dermatozlarini davolash boʼyicha tibbiy boʼlim boshligʼi, dermatolog Madamin Xoldorbekov. – Bu boʼlimga bemorlar Davlat tibbiy sugʼurtasi asosida imtiyozli yoʼllanma bilan davolanadi. Ikki yil davomida 600 nafarga yaqin “baliqchi” va “kapalak” bolalar davolandi.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi
Matbuot xizmati