Soʼnggi yillarda yurtimiz tibbiyot muassasalari faoliyatini raqamlashtirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Elektron poliklinika”, “Elektron retsept” kabi dasturlar bosqichma-bosqich joriy etilyapti. Bularning barchasi bir maqsad — aholiga qulaylik yaratishni koʼzlaydi.
Bu yoʼnalishdagi ishlarni keng yoritish maqsadida Sogʼliqni saqlash vazirligi va “UZINFOCOM” yagona integratori tomonidan tizimning raqamli transformatsiyasiga bagʼishlangan film suratga olindi. Аyni paytda uning taqdimoti boshlandi.
Shu munosabat bilan oʼtkazilgan tadbirda Sogʼliqni saqlash, Raqamli texnologiyalar va boshqa tegishli vazirlik va idoralar masullari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari rahbarlari, tizimlarning hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etmoqda.
Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.