Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori bilan oilaviy shifokorning elektron retsepti orqali dori vositalarini bepul olish (reimbursatsiya) tartibi belgilandi.
Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis boʻyicha uchtagacha dori vositasi koʻrsatilishi mumkin.
Batafsil: “Zoʻr” TVning “Bu kun” informatsion dasturi lavhasida.