Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Elektron retseptning amal qilish muddati bir oy!

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Elektron retseptning amal qilish muddati bir oy!
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Elektron retseptning amal qilish muddati bir oy!

Bu tizim aholini dori-darmon bilan taʼminlash, alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dorilar xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni koʼzda tutadi. Dori qabul qilish har qanday kasallikni davolashning ajralmas qismidir. Biroq, ambulator sharoitda uzluksiz muolaja qilish tizimi mukammal emas. Shu bois, aholining zarur dori-darmondan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida reimbursatsiyani amaliyotga joriy etish zarurati yuzaga keldi.
Reimbursatsiya – inglizcha soʼz boʼlib, “xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi – bu aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblanib, kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni nazarda tutadi.
Reimbursatsiya tizimiga kiritilgan dori vositalari tasdiqlangan roʼyxatiga muvofiq Jamgʼarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar tomonidan bepul beriladi. Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalari soni 11 tani tashkil etib, ularga Salbutamol, Bisoprolol, Аmlodipin, Enalapril malati, Rozuvastatin, Аtsetilsalitsil kislotasi, Klopidogrel, Varfarin, Furosemid, Metformin, Beklometazon dori vositalari kiradi. Reimbursatsiya tizimi Oʼzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda davlat roʼyxatidan oʼtgan tayyor dori vositalarini oʼz ichiga oladi. Jamgʼarma tomonidan tegishli litsenziyaga ega chakana savdo bilan shugʼullanuvchi dorixonaning surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi roʼyxatiga muvofiq beriladigan dori vositalarining xarajatlarini elektron dastur orqali qoplash jarayonini tavsiflaydi. Farmatsevtika agentligi ushbu roʼyxatdagi har bir savdo nomi uchun referent narxlarni taqdim etadi va Jamgʼarma bilan birgalikda har bir xalqaro patentlangan nomi (XPN) har bir dozasi uchun maksimal toʼlov narxi aniqlanadi va tasdiqlanadi. Jamgʼarma dorixonalarga elektron retsept orqali berilgan dori vositalarining narxini tasdiqlangan maksimal toʼlov narxidan oshmagan miqdorda qoplab beradi.
Elektron retsept – yagona elektron retsept maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʼllanilish usuli toʼgʼrisidagi koʼrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʼlgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi.

Elektron retsept quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olishi kerak:
ambulatoriya muassasasining nomi;
retsept raqami va berilgan sanasi;
bemorning toʼliq ismi-sharifi, tugʼilgan yili va sanasi, yoshi, jinsi;
xalqaro kasalliklar tasnifi-10 boʼyicha tashxis;
dori vositasining XPN boʼyicha nomi;
dori shakli, dozalanishi va dozalash tartibi;
shifokorning familiyasi, ismi, sharifi va telefon raqami;
elektron retseptni tasdiqlash uchun masʼul shifokorning familiyasi, ismi, sharifi.

Elektron retseptning amal qilish muddati bir oy!
Xozirgi jarayonda asosan 5 ta kasallik – gipertoniya, yurak ishemik, qandli diabet¬ning ikkinchi turi, bronxial astma, oʼpkaning surunkali ob¬struktiv kasalliklari qamrab olingan. Mazkur tizim surunkali kasallik bilan ogʼrigan bemorlarni dori-darmon bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyatini beradi. Shi¬fokor tomo¬nidan bemorga aniq tashxis qoʼyilgach, elektron kartaga maʼlumot kiritiladi va elektron retsept shakllantiriladi.
Oʼsha paytning oʼzida bemorning mobil telefoniga xabar keladi. Elektron retseptni olgan bemor Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga murojaat qiladi. Bu dorixona bemorga dori-darmonni bepul beradi.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi
Ijro etuvchi direktor oʼrinbosari
Ulugʼbek Kandimov;

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi
Sirdaryo viloyati boʼlinmasi bosh mutaxassisi
Olimjon Begmuratov.