Har bir mamlakatning iqbolini uning ertasiga bo‘lgan munosabati belgilaydi, degan gap bor. Chindan ham shunday. O‘zbekistonda millat salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, onalik va bolalikni himoya qilish, yosh avlod tarbiyasi borasida tub islohotlar amalga oshirila boshladi.
Zamonaviy standartlarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning viloyat va tumanlardagi filiallari, tez tibbiy yordam xizmatlari keng joriy etildi-ki, millatimiz vorislari sog‘lom va baquvvat bo‘lib tug‘ilishlari ham ulg‘ayishlari uchun keng imkontiyatlar yaratildi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, shifokorlar va bemorlar bilan muloqotda bo‘lishdi.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.