Joriy yilning 14 oktabr kuni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi rahbariyati hamda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari Guliston tibbiyot klasteri faoliyati hamda uni kengaytirish maqsadida yangi qurilayotgan binolarning loyihalari, qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etilishicha, qurilish ishlariga zamonaviy texnikalar jalb etilgan hamda jahon standartlariga mos keladigan qurilish materiallaridan foydalanilmoqda.
Tarixga nazar solsak. Tibbiyot klasterini tashkil qilish g‘oyasi hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020 -yil 6-oktabrda Sirdaryo viloyatining Oq-oltin tumaniga tashrifi chog‘ida ilgari surilgan edi.
Keyinchalik bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4890 sonli va “Tibbiyot klasterini tashkil qilish bo‘yicha” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 318-sonli qarorlari.
Ma’lumot uchun, tibbiyot klasteri tarkibiga quyidagi tibbiyot muassasalari kiritilgan:
1. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi;
2. Urush va mexnat faxriylari shifoxonasi;
3. Viloyat endokrinologiya dispanseri;
4. Viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasi;
5. Viloyat diagnostika markazi;
6. RSHTYoIM Sirdaryo viloyat filiali.
Tibbiyot klasterini qurilish va rekonstruksiya ishlari 2026-yilda to‘liq yakunlanadi.
Guliston tibbiyot klasteri mamlakatimiz tibbiyot sohasida tub burilish yasashi shubhasiz, bu o‘z navbatida Sirdaryo viloyati aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.