Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Hisobotlar yuborish tezlashadi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hisobotlar yuborish tezlashadi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Hisobotlar yuborish tezlashadi

«MedRefer» tizimiga ulangan tibbiyot muassasalari xodimlari uchun jamg‘arma mutaxassislari  muntazam seminar-treninglar o‘tkazmoqda.  Ana shunday seminar-treninglarning navbatdagisi Toshkent shahridagi Bolalar tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy – amaliy tibbiyot endokrinologiya markazida o‘tkazildi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni yo‘llanma asosida davolanish sarf-xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni avtomatik ravishda Jamg‘armaga yetkazish uchun “MedRefer” axborot tizimi ishlab chiqildi.

2022 yil dekabridan ushbu dasturdan Jamg‘arma bilan shartnoma imzolagan tibbiyot muassasalari iqtisod bo‘limi xodimlari foydalanmoqda.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi 
Matbuot xizmati.